Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
10515

Bazaviy inflyatsiya va uning muqobil ko‘rsatkichlari

Yangilangan sana: 11 Noy 2026, 13:37
Bazaviy inflyatsiya pul-kredit siyosati bo'yicha qarorlar qabul qilishda muhim ko'rsatkichlardan biri bo'lib, iqtisodiyotdagi narxlarning vaqtinchalik o'zgarishlari ta'siridan xoli bo'lgan inflyatsiyaning umumiy tendensiyasini ifodalaydi. Bazaviy inflyatsiyani baholashda odatda INI savatidagi narxlari keskin tebranuvchan, mavsumiy yoki ma'muriy tarzda tartibga solinadigan ayrim tovar va xizmatlar chiqarib tashlanadi va qolgan tovar hamda xizmatlar narxlarining o'zgarishi asosida hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki bazaviy inflyatsiyani baholashda quyidagi muqobil ko'rsatkichlardan ham foydalanadi:

  1. Qisqartirilgan INI (trimmed mean) usulida iste'mol narxlari savatidagi narx o'zgarishlari tartiblanadi va eng yuqori hamda eng past o'zgarishga ega bo'lgan tovar va xizmatlar hisobga olinmaydi. O'zbekistonda hisoblashda narxi eng past oshgan 15 foiz va eng yuqori oshgan 15 foiz tovar hamda xizmatlar chiqarib tashlanadi.
  2. INI medianasi iste'mol narxlari o'zgarishining markaziy qiymatini ifodalaydi. Bunda narx o'zgarishlari o'sish tartibida joylashtirilib, taqsimotning 50-persentiliga mos keladigan narx o'zgarishi median inflyatsiya ko'rsatkichi sifatida qabul qilinadi.
pdf 314.5 КБ
Bazaviy inflyatsiyani hisoblash metodologiyasi

Grafik

xlsx 19.4 КБ
Bazaviy inflyatsiya va uning muqobil ko‘rsatkichlari dinamikasi (11.11.2026)

USD = 12014.37
+40.93
EUR = 13280.68
-1.46
RUB = 146.19
+1.66
GBP = 15899.82
+8.67
JPY = 75.11
+0.12
CHF = 14338.67
-50.75
CNY = 1800.90
+5.32
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X