Ish joyi, lavozimi | O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi – Boshqaruv Raisi |
Tug'ilgan yili | 1960 |
Tug'ilgan joyi | Samarqand viloyati |
Millati | O'zbek |
Ma'lumoti | Oliy, 1977 yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirib, 1982 yili Leningrad iqtisodiyot-moliya institutini tamomlagan |
Mutaxassisligi | Iqtisodchi |
Bank tizimidagi ish staji | 17 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2017 yildan |
Telefon | 71-212-60-10 |
Boshqaruv
Ish joyi, lavozimi | Markaziy bank Raisi o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi |
Tug‘ilgan yili | 1982 |
Tug‘ilgan joyi | Toshkent shahri |
Millati | o‘zbek |
Ma’lumoti |
2003 yil Toshkent moliya instituti 2008 yil Bank-moliya akademiyasi |
Mutaxassisligi | Bank ishi |
Bank tizimidagi ish staji | 16 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2017 yildan |
Telefon | 71-212-61-03 |
Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti, Lisenziyalash va ruxsat berish tartiboti departamenti, Kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish departamenti, Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti, Kredit axborotining davlat reestrini yuritish departamenti, Moliyaviy savodxonlikni oshirish va bank mutaxassislarini qayta tayyorlash departamenti va Birinchi bo‘lim faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Garov reestri” davlat unitar korxonasi ishini muvofiqlashtiradi.
Uning lavozimiga Markaziy bank tomonidan tayyorlanib, Hukumatga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini kelishish va qabul qilish borasida O‘zbekiston Repsublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi bilan olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish vasifasi yuklatiladi.
Ish joyi, lavozimi | Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi |
Tug'ilgan yili | 1973 yil |
Tug'ilgan joyi | Toshkent shahri |
Millati | O'zbek |
Ma'lumoti | Oliy, 1995 yilda Toshkent Davlat universitetini, 2000 yilda O‘zR FA Kibernetika instituti aspiranturasini tamomlagan, texnika fanlar nomzodi |
Mutaxassisligi | Amaliy matematika |
Bank tizimidagi ish staji | 23 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2019 yildan |
Telefon | 71-212-60-14 |
Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti, Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti, To‘lov tizimlari departamenti, Axborot texnologiyalari departamenti ustidan raxbarlikni amalga oshiradi hamda respublikada “HUMO” milliy to‘lov tizimining joriy etilishi, uzluksiz va samarali faoliyat yuritishini ta'minlash ustidan rahbarlikni amalga oshiradi.
Unga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi davlat unitar korxonasi va “Milliy banklararo prosessing markazi” mas'uliyati cheklangan jamiyati (HUMO to‘lov tizimi) ishini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.
Ish joyi, lavozimi | Markaziy bank Raisining o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi |
Tug‘ilgan yili | 1983 |
Tug‘ilgan joyi | Buxoro viloyati |
Millati | o‘zbek |
Ma’lumoti |
Oliy 2006 y.Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti 2016 y. Yaponiyaning siyosiy fanlar Milliy instituti |
Mutaxassisligi | Statistika, ekonometrika |
Bank tizimidagi ish staji | 12 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2020 yildan |
Telefon | 71-212-60-12 |
Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikasion siyosat departamenti, Pul-kredit siyosati departamenti, Statistika va tadqiqotlar departamenti, Monetar operatsiyalar departamenti faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi xamda “Bank axborotnomasi” gazetasi va “Bozor, pul va kredit” jurnali ish faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Unga Markaziy bankning kreditlarini tasarruf etish huquqi beriladi.
Shuningdek, Markaziy bankning pul-kredit instrumentlaridan foydalanish va monetar operatsiyalarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.
Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti, Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti, Kadrlar bilan ishlash departamenti, Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti, Tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti, Ma'muriy ishlar bo‘yicha departamenti, Safarbarlik ishlari va fuqaro muhofazasi bo‘limi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
Unga Markaziy bankning rezerv fondlarini tasarruf etish huquqi beriladi.
Shuningdek, Markaziy bank tasarrufidagi Respublika inkassasiya xizmati davlat unitar korxonasi, Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi ish faoliyatining muvofiqlashtirib turadi.
Uning zimmasiga:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasi va Adliya vazirligi bilan olib boriladigan ishlarni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik bo‘yicha ishlarni;
Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni va davlat tili masalalarini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatiladi;
Markaziy banking Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari ish faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tezkor hal etish ishlarini tashkil qiladi va ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun mas'ul hisoblanadi.
Ish joyi, lavozimi | Markaziy bank Raisi o‘rinbosari – Boshqaruv a'zosi |
Tug‘ilgan yili | 1983 |
Tug‘ilgan joyi | Toshkent viloyati |
Millati | O'zbek |
Ma'lumoti | Oliy, 2004 yil Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2015 yil Yaponiya xalqaro universitetini tamomlagan. |
Mutaxassisligi | Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, iqtisod |
Bank tizimidagi ish staji | 12 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2019 yildan |
Telefon | 71-212-61-11 |
Xalqaro hamkorlik departamenti, Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti, Moliya-iqtisod departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Kredit tashkilotlarida moliyaviy monitoringni muvofiqlashtirish va valyuta nazorati departamenti, Amaliyot departamenti faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
Uning zimmasiga Respublika Valyuta birjasi, Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi ishini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.
Bekmurodov Adham Sharipovich
Sirajiddinov Nishanbay
Ish joyi, lavozimi | Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" kafedrasi |
Tug‘ilgan yili | 1960 |
Tug‘ilgan joyi | O'sh viloyati, Qirg'iziston Respublikasi |
Millati | o'zbek |
Ma’lumoti |
Oliy, 1982 Samarqand kooperativ institutini tamomlagan. 2005 yildan iqtisod fanlari doktori, 2019- yildan professor. |
Mutaxassisligi | Iqtisodchi |
Bank tizimidagi ish staji | |
Egallab turgan lavozimida | 2010 yildan |
Telefon |