Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6605

Bank kartalari asosida banklararo chakana to‘lov tizimlari

Yangilangan sana:  18 Iyul 2022, 15:22

Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan “Uzcard”  hamda “Humo” to‘lov tizimlarining milliy valyutadagi bank kartalari muomalaga chiqarilib, ularning infratuzilmasi kengaytirib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentabrdagi “Plastik kartalar orqali hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 445-sonli qaroriga asosan Yagona umumrespublika protsessing markazi tashkil etilib, “Uzcard” to‘lov tizimi faoliyat yurita boshladi.

2020 yil 11 aprelda Yagona umumrespublika protsessing markazi MChJga “Uzcard” to‘lov tizimi operatori litsenziyasi Markaziy bank tomonidan taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentabrdagi “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3945-sonli qaroriga asosan Milliy banklararo protsessing markazi tashkil etilib, 2019 yilning I-choragidan boshlab “Humo” to‘lov tizimi ishga tushirildi.

Milliy banklararo protsessing markazi MChJga 2020 yil 11 aprelda “Humo” to‘lov tizimi operatori litsenziyasi Markaziy bank tomonidan berildi.

Mamlakatimizda bank kartalari infratuzilmasi 2020 yil 1 yanvar holatiga 20 547 ming dona bank kartalari, 392 361 ta to‘lov terminallari hamda 9 203 ta bankomat va infokiosklardan tashkil topgan.

2019 yil davomida ikkita milliy chakana (“Humo” hamda “Uzcard”) to‘lov tizimlarining Visa, Mastercard, China Union Pay hamda Mir xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyasi samarali amalga oshirildi. Bu esa, ushbu xalqaro to‘lov tizimlari kartalari foydalanuvchilari, ya’ni mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlar, mehmonlar uchun keng shart-sharoitlar yaratgan holda “Humo” hamda “Uzcard” to‘lov infratuzilmasi (bankomatlar va to‘lov terminallari tarmog‘i) orqali milliy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.   Рисунок6.jpg Рисунок7.jpg

Рисунок8.jpg

Рисунок9.jpg


USD = 12780.14
+11.84
EUR = 13980.20
+19.34
RUB = 133.11
+1.96
GBP = 16704.92
+6.54
JPY = 85.80
+0.04
CHF = 14903.95
+53.64
CNY = 1808.37
+3.61
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X