Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bankda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vakillari bilan uchrashuv oʼtkazildi

Yangilangan sana:  1 May 2024, 16:35
1 May 2024
Markaziy bankda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Muloqot chogʼida mehmonlarga mamlakatimizdagi joriy makroiqtisodiy holat, soʼnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, bank tizimining rivojlanish istiqbollari, sohani tartibga solish boʼyicha joriy yildagi asosiy vazifalar, yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda OIIBning mamlakatimizdagi faoliyati, jumladan, bank tomonidan moliyalashtirilgan amaldagi va kelgusi uch yilga rejalashtirilgan loyihalar, bank tizimini rivojlantirishda oʼzaro hamkorlikni kengaytirish va bu borada amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan oʼzaro fikr almashildi.

USD = 12720.00
-7.96
EUR = 13827.91
+46.07
RUB = 140.04
+0.58
GBP = 16114.97
+47.19
JPY = 82.24
+0.56
CHF = 14098.87
+37.93
CNY = 1762.16
-0.37
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X