Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Мuomala davri 90 kun bo‘lgan Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha 2022-yil 13-may kuni o‘tkazilgan auksion natijalari haqida ma’lumot

Yangilangan sana:  13 May 2022, 16:19

Joriy yilning 13-may kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida muomala davri 90 kun bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 1 trln. so‘mlik 1 000 000 dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi.

Auksion davomida 1 000 000 dona qimmatli qog‘ozlar 955,25 mlrd. so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auksion natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 18,9996 foizni, minimal daromadlilik darajasi -18,9984 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi -18,9997 foizni tashkil etdi.    




Ulashish:

 
USD = 12640.21
-49.76
EUR = 13559.15
+1.19
RUB = 137.02
-0.18
GBP = 15817.96
+46.87
JPY = 81.22
-0.68
CHF = 13850.77
-28.67
CNY = 1744.13
-7.15
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X