Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

BMTning Taraqqiyot dasturi vakillari bilan uchrashuv

Yangilangan sana:  26 Mar 2024, 15:14
26 Mar 2024
Markaziy bank rahbariyatining BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ishbilarmon doiralar, moliya tashkilotlari va tijorat banklari bilan amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

BMT taraqqiyot dasturi vakillari O‘zbekistonning moliya sektorida “yashil moliyalashtirish” bo‘yicha katta salohiyat mavjudligini ta'kidlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan qo‘shma loyihalar yo‘nalishlarini kengaytirishni taklif qilishdi.

Shuningdek, uchrashuvda qurilayotgan uy-joylar uchun “yashil kreditlar”ga subsidiyalar ajratish tartibini yo‘lga qo‘yish hamda qayta tiklanadigan energiya manbalarini (quyosh panellarini) kengaytirish orqali O‘zbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi.

USD = 12662.01
+21.8
EUR = 13593.93
+34.78
RUB = 137.65
+0.63
GBP = 15849.04
+31.08
JPY = 80.81
-0.41
CHF = 13885.31
+34.54
CNY = 1747.30
+3.17
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X