Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Zamonaviy faktoring xizmatlari boʼyicha Xitoy tajribasi oʼrganilmoqda

Yangilangan sana:  1 Apr 2024, 20:07
1 Apr 2024
Xalqaro moliya korporatsiyasining taklifiga binoan Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʼrinbosari boshchiligidagi delegatsiya zamonaviy faktoring xizmatlari boʼyicha ilgʼor xorijiy tajribani oʼrganish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. 

Tashrifning birinchi kunida Xitoyning koʼchar aktivlar asosida moliyalashtirish xizmatlari bozori haqida amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida Xitoyda koʼchar aktivlar asosida moliyalashtirish xizmatlari bozorini rivojlantirish boʼyicha oxirgi 20 yilda amalga oshirilgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolariga koʼchar aktivlar asosida moliyalashtirish xizmatlarini koʼrsatuvchi maxsus elektron platformalar (Warehouse Finance Platform, Receivables Finance Platform, SCM Platform) hamda ularning ishlash mexanizmlari tushuntirib oʼtildi.

Bundan tashqari, tashrif davomida Xitoy Xalq banki Kredit tarixi byurosi tomonidan zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etgan holda elektron faktoring va teskari faktoring xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha yaratilgan imkoniyatlar ham oʼrganilmoqda.

USD = 12620.01
-42
EUR = 13522.34
-71.59
RUB = 135.74
-1.91
GBP = 15815.40
-33.64
JPY = 81.03
+0.22
CHF = 13846.84
-38.47
CNY = 1742.35
-4.95
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X