Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Oʼzbekiston va Italiya Markaziy banklari oʼrtasida moliyaviy savodxonlik yoʼnalishida hamkorlik oʼrnatildi

Yangilangan sana:  6 Okt 2022, 12:07
6 Okt 2022

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki delegatsiyasi moliyaviy taʼlimni rivojlantirish boʼyicha tajriba oʼrganish maqsadida Italiya Markaziy bankiga tashrif buyurdi.

Italiya Markaziy banki tajribasini oʼrganish bilan birgalikda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, oʼzaro muhokamalarda quyidagi mavzularga asosiy eʼtibor qaratildi:

  • mikro, kichik va oʼrta biznes subʼektlarining moliyaviy malakasini oshirish;
  • xotin-qizlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining moliyaviy bilim va koʼnikmalarini shakllantirish;
  • pul muzeylari yordamida aholining moliyaviy dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek qiziqarli shaklda oʼqitish orqali sohaga qiziqtirish.
  • maktablarda moliyaviy taʼlimni joriy etish;
  • 15 yoshdan katta talabalarning moliyaviy savodxonligi darajasini aniqlashda Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) tadqiqotida ishtirok etish;
  • moliyaviy savodxonlik boʼyicha loyihalarni monitoring qilish va samaradorligini baholash tizimini yaratish.
Chet ellik hamkasblar bilan muhokamalar davomida Oʼzbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish boʼyicha soʼnggi ikki yil ichida amalga oshirilgan tashabbus va loyihalar alohida eʼtirof etilib, “edutainment” shaklidan foydalanib tashkil etilgan faoliyat yuqori baholandi.

Tashrif natijasida oʼrganilgan tajriba moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish doirasida regulyativ tashabbuslarni joriy etishda ustuvorlik bilan qoʼllaniladi.

USD = 12662.01
+21.8
EUR = 13593.93
+34.78
RUB = 137.65
+0.63
GBP = 15849.04
+31.08
JPY = 80.81
-0.41
CHF = 13885.31
+34.54
CNY = 1747.30
+3.17
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X