Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi

Yangilangan sana:  23 Fev 2023, 15:22
23 Fev 2023
Markaziy bankda Jahon banki delegatsiyasi hamda bank rahbariyati oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Jahon banki vakillariga banklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni, tijorat banklari faoliyatiga korporativ boshqaruv tamoyillarini keng joriy etish haqida batafsil maʼlumot berildi. Oʼzbekiston davlat tijorat banklarida korporativ islohotlarni qoʼllash muhimligi qayd etildi.

Muloqot chogʼida tijorat kreditlashidagi oʼzgarishlar, xususiy sektor uchun bank kreditlarining ulushi, qishloq xoʼjaligi va uy-joy kommunal xoʼjaligida subsidiyalangan kreditlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolda mazkur masalalar boʼyicha muhokamalarni davom ettirishga kelishib oldilar

USD = 12662.01
+21.8
EUR = 13593.93
+34.78
RUB = 137.65
+0.63
GBP = 15849.04
+31.08
JPY = 80.81
-0.41
CHF = 13885.31
+34.54
CNY = 1747.30
+3.17
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X