Joriy yilning 15-aprel kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida muomala davri 45 kun bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 500 mlrd. so‘mlik 500 000 dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi.
Auksionda 10 ta tijorat banki ishtirok etib, 1 071 450 dona obligatsiyani sotib olish uchun 1,05 trln. so‘m hajmidagi raqobatli buyurtmanomalarni taklif etdi.
Auksion davomida 500 000 dona qimmatli qog‘ozlar 488,64 mlrd. so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).
Auksion natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 18,853 foizni, minimal daromadlilik darajasi -18,755 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi -18,989 foizni tashkil etdi.