Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

Yangilangan sana:  30 Mar 2022, 14:26
29 Mar 2022
Markaziy bankda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda mehmonlarga joriy pul-kredit siyosati, tashqi sektor statistikasi, shuningdek, mamlakat bank tizimi haqida ma’lumot berildi.

Muloqot davomida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun: Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot banki guruhining a’zosi hisoblanadi. Ushbu tashkilotni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2005-yil iyun oyida qabul qilindi. Natijada Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi Islom taraqqiyot banki guruhidagi turli tashkilotlar ilgari mas’ul bo‘lgan barcha savdoni moliyalashtirish operatsiyalarini birlashtirdi.

USD = 12662.01
+21.8
EUR = 13559.15
+1.19
RUB = 137.02
-0.18
GBP = 15817.96
+46.87
JPY = 81.22
-0.68
CHF = 13850.77
-28.67
CNY = 1744.13
-7.15
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X