- Rahbar: Babayev Ilizat Maxmutovich
Aloqa ma’lumotlari
Telefon: 71-212-61-37Vazifa va funksiyalar
Departamentning vazifalari:- Markaziy bank amalga oshiradigan xarajatlarini daromadlar va xarajatlar moliyaviy rejasiga muvofiq moliyalashtiradi va nazorat qiladi;
- Markaziy bank tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini ishlab chiqadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyati bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshiradi va hisobini yuritadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi korxona va tashkilotlar hamda Bosh boshqarmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mablag‘laridan to‘g‘ri va samarali foydalanilishi va tushayotgan daromadlarning to‘g‘ri kirim qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- Markaziy bankning yillik daromadlari va xarajatlari moliyaviy rejasini ishlab chiqadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimi xodimlarining shtatlar jadvalini ishlab chiqadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki apparatini, uning Bosh boshqarmalarini hamda huzuridagi korxona va tashkilotlarni saqlash xarajatlariga mablag‘lar ajratadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotni tayyorlashda qatnashadi.