Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
7315

Markaziy bank “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi haqida

Yangilangan sana: 5 Noy 2026, 16:41

Markaziy bank “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi 2021-yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

To‘lov tizimi operatorlari, kredit va to‘lov tashkilotlari faoliyatida kiberxavfsizlikni ta’minlash borasida Markaziy bank “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

► muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini aniqlash hamda ularning reestrini shakllantirish va kiberxavfsizligini ta'minlash bo‘yicha talablar ishlab chiqish;

► axborot tizimlari va resurslari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish;

► axborotlashtirish obyektlari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlik holati va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha monitoring olib borish;

► axborotlashtirish obyektlarini axborot xavfsizligi auditidan hamda vakolatli organ tomonidan tegishli ruxsatnoma olgan holda attestasiyadan o‘tkazish;

► axborot tizimlari va resurslarida sodir bo‘lgan kiberxavfsizlik insidentlari oqibatlarining bartaraf etilishini nazorat qilish;

► kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatli organ hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

► axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik insidentlarni, xatarlarni aniqlash;

► axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik insidentlarni oldini olish maqsadida zaruriy ta’sir choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;

► chet el tashkilotlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik bo‘yicha tegishli bo‘linmalari, CERT xizmatlari bilan hamkorlik qilish.



USD = 11987.16
+13.68
EUR = 13393.25
-43.39
RUB = 146.29
-0.3
GBP = 16060.40
-52.31
JPY = 75.71
+0.11
CHF = 14650.65
+13.14
CNY = 1796.96
+1.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X