- Rahbar: Sabirov Baxtiyor Baxadirovich
Aloqa ma’lumotlari
Telefon: 71-233-90-93Vazifa va funksiyalar
Departamentning asosiy vazifalari:
-
Markaziy bank tomonidan qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olish va ular uchun hisob-kitob ishlarini tashkil qilish hamda Markaziy bankka tegishli qimmatbaho metallarni saqlash, hisobini yuritish, hisobdan chiqarish va qayta baholash;
-
Qimmatbaho metallarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sotish hamda qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli quymalarni va Markaziy bankning esdalik tangalarini sotish va qaytarib sotib olish.
Departamentning asosiy funksiyalari:
-
Markaziy bank tomonidan harid qilinayotgan va sotilayotgan qimmatbaho metallarni saqlash, hisobini yuritish, hisobdan chiqarish, qayta baholash va jo‘natish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
-
Boshqa vazirlik va idoralarning qimmatliklarini vaqtinchalik saqlovga qabul qilib olish, sarxillash, saqlash, berilishini ta'minlash hamda ularning hisobini yuritilishini tashkillashtirish.