Joriy yilning 25 fevral kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida tijorat banklarining umumiy hajmi 300 mlrd. so‘m mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha muddati 14 kunlik depozit auksion savdolari o‘tkazildi.
Auksion davomida 3 ta tijorat banki tomonidan jami 75 mlrd. so‘m mablag‘larni Markaziy bank depozitlariga joylashtirish bo‘yicha kelib tushgan buyurtmanomalar to‘liq qondirildi.
Auksion natijalariga ko‘ra, joylashtirilgan depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi, shuningdek, minimal va maksimal stavka – yillik 16,00 foizni tashkil etdi.