Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Jahon bankining banklarni sanatsiya qilish mexanizmini joriy etish va omonatlarni kafolatlash tizimini takomillashtirish boʼyicha texnik missiyasi doirasida ekspertlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Uchrashuv davomida ekspertlar tomonidan tijorat banklaridagi omonatlarni kafolatlash va toʼlovlarni amalga oshirishning amaldagi mexanizmini diagnostika qilish natijalari taqdim etildi. Diagnostika natijalari asosida, shuningdek, ilgʼor tajriba va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda mazkur mexanizmni takomillashtirish boʼyicha qator tavsiyalar berildi.
Ushbu tavsiyalar asosida tomonlar banklardagi omonatlarni kafolatlash toʼgʼrisida qonun loyihasi ustida ishlashni davom ettirishga kelishib oldilar.
Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv
Yangilangan sana: 12 Yan 2023, 14:57