

Markaziy bank tomonidan firibgarlik holatlarini bartaraf etish maqsadida jismoniy shaxslarga onlayn kredit (mikroqarz) ajratishda kredit tashkilotlari 2024 yil 1 noyabrdan – 2025 yilning 1 apreliga qadar amal qiladigan vaqtinchalik tartib belgilangan.
Bugungi kunda vaqtinchalik tartibda belgilangan talablarga muvofiq, 11 ta tijorat banki hamda 1 ta mikromoliya tashkiloti mobil ilovalari orqali fuqarolarga onlayn kredit ajratish yo‘lga qo‘yilgan.
2025 yil yanvar va fevral oylarida fuqarolar kredit olishga arizani firibgarlar ta’sirida berib, 48 soat davomida qo‘shimcha tasdiqdan o‘tmaganliklari hamda kredit mablag‘lari sarflanmaganligi sababli jami 316,1 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar kredit tashkilotlari hisobiga qaytarildi.