Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Naqd pul muomalasi bo`yicha qisqacha sharh

Yangilangan sana:  20 Yan 2022, 09:26
20 Yan 2022

2021 yilda chakana savdo hajmi o`sishining 2020 yildagi 5,7 foizdan 12 foizgacha, pullik xizmatlar ko`rsatish hajmining 3 foizdan 19,2 foizgacha tezlashishi, shuningdek, ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to`lovlar miqdorining oshib borishi naqd pulga bo`lgan talab va taklifni shakllanishida asosiy omillardan bo`ldi.

Natijada, 2021 yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 2020 yilga nisbatan 40,8 foizga oshib, 507,2 trln. so`mga yetdi va uning tarkibiy shakllanishida o`tgan yillarga nisbatan deyarli o`zgarish kuzatilmadi.

 

1-rasm: Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi

 

mlrd.so`mda

photo_2022-01-20_09-27-58.jpg  

 

Naqd pul aylanmasida bank kassalariga naqd pul tushumlari hajmi 251,7 trln. so`mni, bank kassalari va bankomatlardan chiqim qilingan naqd pullar 255,5 trln. so`mni tashkil etdi.

Naqd pul tushumlarining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2019 yildagi 26,9 foizdan 2021 yilda 34,3 foizgacha oshishi kuzatildi. Mazkur ko`rsatkichning oshib borayotganligi, o`z navbatida aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank xizmatlaridan foydalanish darajasi ortib borayotganligi bilan izohlanishi mumkin.

Shu bilan birga, 2021 yilda, o`rtacha nominal ish haqining 20 foizga o`sishi, nafaqa va boshqa ijtimoiy to`lovlar miqdorining 2 marta 10 foizdan oshirilishi hamda to`lov tizimlari infratuzilmasiga inovatsion texnologiyalarning joriy etib borilayotganligi bank kartalariga mablag`lar kelib tushish hajmini 1,7 barobarga oshib, qariyb 300 trln.so`mga yetishiga ta’sir etuvchi omillardan bo`ldi.

Ushbu davrda aholi tomonidan bank kartalaridan naqdlashtirib olingan mablag`lar 95 trln. so`mni (31,7 foiz) tashkil etdi.

 

2-rasm: Bank kartalariga kelib tushgan mablag`lar va ularni
naqdlashtirish
hajmlari dinamikasi

 

mlrd.so`mda

photo_2022-01-20_09-28-09.jpg  

2021 yilda bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar hajmining 2020 yilga nisbatan 75,3 trln. so`mga oshishi kuzatilgan bo`lsa, ushbu o`sishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish (32,9 trln.so`mga) hamda banklar tomonidan aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish hajmlarining (22,2 trln. so`mga) oshishi hisobiga yuzaga keldi.

 

 

3-rasm: Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning
maqsadlari bo`yicha tarkibiy dinamikasi

 

mlrd.so`mda

 

photo_2022-01-20_09-28-18.jpg  

Banklar kassalaridan naqd pulga bo`lgan talabdan kelib chiqqan holda muomalaga qo`shimcha naqd pullar chiqarib borildi hamda ayrim davrlarda muomaladagi ortiqcha naqd pullarning qaytishi kuzatildi.

 

 

4-rasm: Muomaladagi naqd pullarning pul massasidagi ulushi dinamikasi

 

photo_2022-01-20_09-28-30.jpg 

2022 yil 1 yanvar holatiga muomaladagi naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 20 foizni tashkil qilib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foiz bandga pasaydi. YIMga nisbatan ulushi esa 4,1 foizdan 3,9 foizgacha pasaydi.

 

Muomaladagi naqd pullarning nominal qiymati bo`yicha
tarkibi to`g`risida

 

Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmog`ining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni sezilarli darajada kamaydi.

Jumladan, 2021 yil davomida muomalaga chiqarilgan naqd pullar tarkibida ularning so`mdagi miqdori bo`yicha 100 000 so`mlik banknotlar ulushi – 27,3 foizdan 34,8 foizga yetgan bo`lsa, 50 000 so`mlikning ulushi – 38,8 foizdan 34,2 foizga, 10 000 so`mlikning ulushi – 15,7 foizdan 14,5 foizga, 5 000 so`mlik – 16,1 foizdan 12,7 foizga, 1 000 so`mgacha – 2,1 foizdan 1,4 foizga tushdi. Shuningdek, 2 000 so`mlik (0,3 foiz) va 20 000 so`mlik (2,1 foiz) namunadagi banknotlar muomalaga kiritildi.

 

5-rasm: Muomalaga chiqarilgan banknotlarning
nominal qiymatlari bo`yicha ulushi

photo_2022-01-20_09-28-41.jpg 


 

Buning natijasida, muomalaga chiqarilgan banknotlar soni 492,4 mln. donaga yoki 18 foizga kamaydi.

Muomalada banknotlar sonining kamayishi aholi uchun naqd puldagi to`lovlarda qulayliklar yaratishga, banklar uchun esa naqd pullar bilan ishlashni, jumladan ularni sanash, saralash va o`rab-bog`lash jarayonlarini yengillashtirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar sohasidagi hisob-kitoblarda qaytim pullari (mayda pullar) sifatida foydalanish uchun 2021 yil davomida qo`shimcha 14,6 mlrd. so`mlik yangi tangalar muomalaga chiqarilib, ularning jami muomaladagi naqd pullar tarkibidagi miqdoriy salmog`i 0,16 foizga yetdi.

USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X