Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Axborot texnologiyalari departamenti

  • Rahbar: Usmanov Jamshid Kamolovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-61-30

Vazifa va funksiyalar

Departamentning vazifalari:
  • respublika miqyosida banklararo va bankning ichki to‘lov tizimlarini hamda xalqaro hisob-kitoblar texnologiyasini jahon andozalariga mos ravishda takomillashtirish;
  • real vaqt tartibiga asoslangan va hisob-kitoblarning ishonchlilik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan to‘lov tizimini tashkil etish;
  • bank plastik kartalari asosida hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish ishlarini tashkil etish.
  • masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Departamentning vazifalari:
  • banklararo hisob-kitoblarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • respublika bank tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aholiga masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank-mijoz, internet-banking, mobil-banking va chakana to‘lovlarni amalga oshirish va keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Markaziy bank va umuman bank tizimi faoliyatida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan telekommunikatsiya, lokal hisoblash tarmoq tizimlarini ishlab chiqib tadbiq etish, rivojlantirish;
  • Davlat boshqaruvi idoralari va bank tizimi o‘rtasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etilishi, axborot tizimlarining integratsiyalashuvi bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash;
  • Markaziy bankning veb-saytini faol ishchi holatini ta’minlash.
Departamentning funksiyalari:
  • to‘lov tizimi sohasidagi bank texnologiyalari yangiliklarini o‘rganadi, tahlil qiladi va respublika elektron to‘lov tizimini jahon andozalariga mosligini ta’minlab boradi;
  • banklararo hisob-kitoblarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirish, tijorat banklari vakillik hisobvaraqlarining holati va banklararo aylanmalarini samarali nazorat qilish tizimini yaratadi hamda uning faolligini ta’minlaydi;
  • milliy to‘lov tizimiga taalluqli ma’lumotlar bazasini faol holatini ta’minlaydi va nazorat qiladi.
  • Markaziy bankning Integrallashgan axborot-tahliliy tizimi, lokal kompyuter tarmog‘i, bank tizimining telekommunikatsiya tarmog‘i, axborot tizimlari, hisoblash markazlari va ma’lumotlar bazalari loyihalarini ishlab chiqadi, amalga oshirilishini, ularga sifatli texnik xizmat ko‘rsatilishini hamda faol holatini ta’minlaydi;
  • Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalarida kompyuter va orgtexnika vositalarini ro‘yxatga olish, ular tarkibini yangilash, ta’mirlash va texnik holati haqidagi hisobotlarni tuzish hamda ularni hisobdan chiqarish ishlarini tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda olib boradi.


USD = 12664.23
-11.65
EUR = 13759.69
+34.25
RUB = 136.46
-0.51
GBP = 16058.24
+52.41
JPY = 83.40
-0.06
CHF = 14015.31
+19.64
CNY = 1751.04
-1.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X