Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O'zbekiston Respubikasi Markaziy bankining “Respublika Inkassatsiya xizmati” DUK

Yangilangan sana:  25 Yan 2024, 18:05


Ф.И.О. Руководителя:


Qurbonboyev Dilshod Neʼmatillaevich

Задачи и Функции:

Respublika Inkassatsiya xizmati tomonidan amalga oshiradigan bank operatsiyalari:
  • mulkchilik shaklidan qat’iy nazar aholi bilan naqd pulda hisob-kitob qiluvchi va kunlik pul tushumga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul tushumini inkassatsiya qilish;
  • Markaziy bankning yoki uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida naqd pul mablag‘larini va boshqa qimmatlklarni banklararo tashish.
Respublika Inkassatsiya xizmati quyidagi:
  • davlat, aksiyadorlik, qo‘shma, xorijiy va boshqa korxonalarga, tashkilot va muassasalarga va jismoniy shaxslarga qimmatliklarni tashish;
  • banklardan oylik ish haqini olgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy javobgar shaxslarini xavfsizligini ta’minlagan holda ularning manzillariga kuzatib borish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Respublika Inkassatsiya xizmati yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 dekabrdagi «Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishi va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 548-sonli, 2001 yil 22 iyundagi “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 264-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishib Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2010 yil 24 iyulda tasdiqlangan 719-sonli Yo‘riqnoma talablari asosida amalga oshiradi.

Адрес:

100011, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoi ko'chasi, 19

Телефон:

244-39-27

Факс:

244-39-27

Сайт:


Электронная почта:

info@uzinkass.uz

Inkassatsiya xizmati haqida:

Respublika Inkassatsiya xizmati, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan.

Dastavval inkassatsiya xizmati 1939 yil 1 avgustda Davlat banki tizimida davlat qimmatliklarni tashish va inkasso qilish bo‘limi sifatida tashkil etilgan va 1988 yilga qadar Davlat bankining bo‘linmalaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Davlat banki tizimida "Respublika Inkassatsiya xizmati” o‘z faoliyatini bevosita mustaqil yuridik shaxs bo‘lgan "O‘zbekiston Respublikasi Inkassatsiya boshqarmasi” sifatida 1988 yilda boshlagan.

1991 yil 5 sentabrda Respublika Davlat banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi inkassatsiya boshqarmasi "O‘zbekiston Respublikasi Inkassatsiya birlashmasi”ga o‘zgartirilib, qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 31 dekabrdagi 39/1-sonli qaroriga muvofiq Respublika Inkassatsiya birlashmasi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati” davlat unitar korxonasiga o‘zgartirilib qayta tashkil etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati” davlat unitar korxonasi tarkibiga uning tomonidan Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmalarida tashkil etilgan quyida qayd etilgan hududiy inkassatsiya boshqarmalari kiradi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublika inkassatsiya boshqarmasi
  • Andijon viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Buxoro viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Jizzzax viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Qashqadaryo viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Navoiy viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Namangan viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Samarqand viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Surxondaryo viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Sirdaryo viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Toshkent viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Farg‘ona viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Xorazm viloyat inkassatsiya boshqarmasi
  • Toshkent shahar inkassatsiya boshqarmasi

Hududiy inkassatsiya boshqarmalarining tarkibida 182 ta shahar va tuman inkassatsiya bo‘limlari tashkil etilib, faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq naqd pul tushumini inkasso qilish va pul mablag‘larini tashish “bank operatsiyalari” bo‘lib hisoblanadi.

Respublika Inkassatsiya xizmati Markaziy bank tomonidan yuklatilgan ushbu bank operatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2008 yil 17 mayda tasdiqlangan “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir” 668-sonli Yo‘riqnoma talablariga amal qilgan holda bajaradi.

doc 105.0 КБ
Yuklab olish
USD = 12694.96
+23.12
EUR = 13508.71
+39.81
RUB = 134.66
+0.02
GBP = 15825.54
+46.56
JPY = 82.11
+0.13
CHF = 13929.08
+54.3
CNY = 1754.13
+3.68
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X