Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

500 so‘m (2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

1999

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
1999 yil namunasidagi 500 so'm qiymatidagi banknotasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 500 so'm bo'lgan banknoti 144x78 mm o'lchamdagi qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq maydonda O'zbekiston Respublikasi Gerbi ko'rinishidagi lokal suv belgisi mavjud. Banknotning chap qismida kengligi 4 mm bo'lgan chiziq ko'rinishidagi tor oq maydon bor. Banknotning deyarli markazida uning butun eni bo'ylab kengligi 1,2 mm bo'lgan metall qo'shilgan poliefir himoya ipi o'tadi. Unda oq rangda bir gal to'g'ri, bir gal qiya harflar bilan yozilgan va ko'p marta takrorlanuvchi "O'ZBEKISTON" matni bor.

Banknotning old tomoni asosan och yashil, olcha, to'q qizil va binafsha ranglardan, orqa tomoni esa, to'q qizil, yashil va havo ranglardan iborat. Banknot old tomonining yuqori qismida to'q binafsha rangli tasmada to'q binafsha rang soya tushirilgan och tusdagi "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn mavjud. Banknotning chap tarafida bir necha turli rangdagi giloshirlangan bezaklar fonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Bezaklarning o'ng tarafida o'tkir burchakli ko'p qirra shaklida naqshinkor elementlar joylashtirilgan. Chap tarafda Gerbdan sal yuqoriroqda to'rtburchak ko'rinishdagi naqsh joylashgan bo'lib, u mujassamlashtirish effektidan foydalanilgan holda banknotning orqa tomonidagi rasmga mos keladi, O'zbekiston Respublikasi Gerbi tagida lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat nomer joylashgan. Banknotning maxsus magnit bo'yog'i qo'shilib, qora rangda bajarilgan aynan shu nomeri biletning pastki qismidagi oq maydonda takrorlanadi. Rasmning o'ngdagi pastki burchagida naqshinkor ramka ichida och binafsha rangli "500" raqamlari bilan banknotning qiymati aks ettirilgan va uning ustiga yirik harflar bilan to'q qizil rangda "SO'M" deb yozilgan.

Banknotning chap va o'ngdagi quyi burchaklarida to'q ko'k rangli "500" raqamlari tasvirlangan bo'lib, banknotning qiymatini bildiradi. To'q qizil rangli naqshinkor ramka tagida to'g'ri to'rtburchakda "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn bir qatorga yozilgan. Banknotning naqshinkor ramkasi, "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" yozuvi, Gerb, chapdagi va o'ngdagi "500" raqamlari, shuningdek, banknot keng oq sathining yuqori qismida joylashgan naqsh metallografiya bosma usuli qo'llanilgan holda bajarilgan bo'lib, banknot barmoq uchlari bilan paypaslab ko'rilganida, bo'yoqning bo'rtib turganligi seziladi. Naqshinkor ramkaning o'ng tomonidagi yuqori qismida quyosh nurlari yoki yorug'likka tutib qaralgan vaqtda ko'rinadigan va yashirin bosma usulida bajarilgan "500" raqami joylashgan. Banknotning oq sathida "500" raqami uzluksiz takrorlanuvchi "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn yozilgan bo'lib, u chiziq ko'rinishidagi mikrobosma usulida bajarilgan va ular lupa yordamida yaxshi o'qiladi. Huddi shunday mikromatnli chiziq banknotning yuqori qismida naqshinkor ramkaning davomi sifatida joylashgan. Oq sathning yuqori qismida banknot chiqarilgan yilni ko'rsatuvchi "1999" raqamlari bor. Uning tagida kuzatish burchagiga qarab yashil rangdan to'q qizilgacha o'zgarib boruvchi naqsh mavjud. Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganida, qog'ozga tartibsiz ravishda presslangan yashil va havo rang tolalar hamda ramkaning o'ng qismi tovlanib ko'rinadi.

O'zbekiston Respublikasi Gerbining chap tarafida uch qatorga ustma-ust joylashtirilgan turli balandlikdagi "500" raqamlari yorishib ko'rinadi. Banknot orqa tomoni markazidagi havo rang fonda to'q qizil rang bilan ot minib turgan Amir Temurning haykali tasvirlangan. Havo rang fon tusdagi nusha ko'chirishga qarshi bo'lgan "X" shaklidagi himoya belgisi turli burchakda ko'plab ingichka chiziqlardan iborat. Havo rang fon - chap va yuqori tarafdan hilpirab turuvchi tasma ko'rinishidagi giloshirlangan chiziqlar bilan hoshiyalangan. Haykalning o'ng tarafida milliy uslubda turli rangdagi naqshinkor bezak tasvirlangan. Banknotning pastki qismidagi to'g'ri to'rtburchakda to'q qizil rang bilan "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn yozilgan.

Turli rangdagi naqshinkor elementlar fonida o'ngdagi pastki burchakda bir-birini kesib o'tuvchi "500" va "SO'M" yozuvlari mavjud. Tangirlangan sariq fonning chapki yuqori burchagida aynan shunday "500" va "SO'M" yozuvlari bor, ammo ular kichikroq o'lchamda sidirg'a to'q qizil rangda aks ettirilgan. Banknotning chapki quyi burchagidagi pastki naqshinkor ramka ustida to'q qizil rangda bajarilgan "500" raqami yirik o'lchamda yozilgan. Naqshinkor ramka, ot minib turgan Amir Temur haykali, "500" raqamlari va "SO'M" yozuvlari metallografiya bosma usuli qo'llanilgan holda bajarilgan bo'lib, banknot barmoq uchlari bilan paypaslab ko'rilganda bo'yoqning bo'rtib chiqqanligi seziladi. Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, qog'ozga tartibsiz ravishda presslangan yashil va havo rang tolalar tovlanib ko'rinadi, shuningdek, naqshinkor bezak qismi hamda tangirlangan fon ajralib turadi.


USD = 12697.00
+2.04
EUR = 13547.70
+38.99
RUB = 135.05
+0.39
GBP = 15836.97
+11.43
JPY = 82.23
+0.12
CHF = 13966.56
+37.48
CNY = 1753.95
-0.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X