Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

1994-2009

Yangilangan sana: 8 Okt 2021, 11:24
Аholining investitsiya va jamgʼarish imkoniyatlarini kengaytirish, mamlakatda qimmatbaho metallar bozori faoliyatini rivojlantirish maqsadida hamda jahon tajribasi va amaliyotidan kelib chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish boʼyicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.

Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qoʼyilgan boʼlib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda ogʼirligi 31,1 grammdan1 iborat.

Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qoʼyilgan. Quyidagi jadvalda batafsil maʼlumotlar keltirilgan.

Mazkur esdalik tangalar ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi. Tangalar “PROOF” sifatiga muvofiq tayyorlangan.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin (bank filiallari roʼyxati manzillari koʼrsatilgan holda ilova qilinadi).

1 Esdalik tangasining og'irligi, ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, ko'rsatilgan parametrlardan 0,01 gramga farq qilishi mumkin


USD = 12822.98
+13.93
EUR = 13823.17
+57.28
RUB = 131.24
+0.68
GBP = 16618.58
+83.38
JPY = 84.20
+0.99
CHF = 14712.00
+94.8
CNY = 1791.74
+2.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X