Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

1 so'm (2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan)

Yangilangan sana:  23 Iyun 2020, 15:12
1997

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
1997 yil namunasidagi  1 so'm qiymatidagi tangasi

Tanga po'latdan tayyorlangan. Tanga nikel bilan (oq rangda) qoplangan.

Tanganing old tomoni markazida tanganing qiymati raqamlar bilan ko'rsatilgan bo'lib, tagida esa bir xil kattalikdagi bosma harflar bilan "SO'M" so'zi yozilgan va uning ostida  tanga chiqarilgan yilni bildiruvchi "1997" raqamlari joylashtirilgan.

Tanganing har ikki chekkasida, shu rasmlar atrofida tanga chiqarilgan yil ko'rsatilgan joyidan boshlab, uning qiymatini bildiruvchi raqamlar o'rtasigacha bitta g'o'za bargi bilan boshlanadigan to'rtta ochilgan ko'sak tasviri tushirilgan.

Tanganing oldi tomonidagi tashqi chekka doirasi bo'ylab qabariq nuqtalar tushirilgan.

Tanganing orqa tomonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tevaragida, tanganing tashqi qirrasi yoqalab 12 ta yulduzcha tasvirlangan va doiraning pastki qismida bir xil kattalikdagi bosma harflar bilan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI" degan yozuv tushirilgan. :

1 so'mlik tanganing diametri - 19,80 mm, qalinligi - 1,3 mm, og'irligi - 2,72 gr.


USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X