Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mumtoz adabiyotimizning yirik namoyondalari ijodiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir

Yangilangan sana:  15 Fev 2024, 09:01
15 Fev 2024

Bugun Markaziy bankda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondalari, davlat va jamoat arboblari Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Biz ulug‘ allomalar avlodimiz, ajdodlar merosi boqiy va barhayot!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Xayrulla Inog‘omov taklif etildi.

U Alisher Navoiy va Boburning o‘lmas asarlari, davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda insoniy fazilatlari xususida so‘zlab berdi. Shu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz asarlari va ularga atab ijro etilgan sahna ko‘rinishlaridan parchalar namoyish etildi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, buyuk shaxslari bilan g‘ururlana oladigan xalqlar unchalik ham ko‘p emas, biz o‘z navbatida, shunday ajdodlarimizga munosib avlod bo‘la olishimiz kerak.

Bundan tashqari, Alisher Navoiy va Boburning ijodiga hamda umuman adabiyot va san'atga oid qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Faol ishtirokchilar Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga chipta va boshqa sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

USD = 12599.83
-34.17
EUR = 13675.86
-34.56
RUB = 147.78
-0.84
GBP = 16214.72
-64.19
JPY = 81.71
-1.24
CHF = 14267.73
-110.33
CNY = 1737.43
-12.55
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X