Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Biznes uchun yangi moliyalashtirish imkoniyatlari: Markaziy bank va IFC hamkorligidagi konferensiya

Yangilangan sana: 5 Dek 2024, 19:21
5 Dek 2024
Markaziy bankda Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va FCI (Facilitating Open Account – Receivables Finance) bilan hamkorlikda harakatlanadigan aktivlardan foydalangan holda biznesni moliyalashtirishning innovatsion usullariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda ekspertlar, biznes va moliya institutlari vakillari qatnashib, faktoring bo‘yicha joriy muhim masalalarni muhokama qilishdi va o‘zaro tajriba almashishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari A.Turdaliyev faktoring sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, kelgusi uch yilda faktoring operatsiyalari hajmini o‘n barobarga oshirish maqsad qilinganini ta’kidlab o‘tdi.

Konferensiyada faktoring hamda ta’minot zanjirlarini moliyalashtirish kabi instrumentlar orqali kichik va o‘rta korxonalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, tadbirda faktoring va ta’minot zanjirlarini moliyalashtirish asoslari, normativ-huquqiy muhit va global trendlar, risklarni boshqarish va raqamlashtirish kabi masalalar ko‘rilib, xalqaro tajribadan misollar keltirildi.

– Ushbu konferensiya O‘zbekistonda faktoring va ta’minot zanjirlarini moliyalashtirish bozorini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, – deb ta’kidladi Xalqaro moliya korporatsiyasining O‘zbekistondagi hududiy rahbari Nil Makkeyn. – Faktoring kabi vositadan foydalanish tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha imkoniyatlar, jumladan, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ularning butun iqtisodiyot rivojiga qo‘shayotgan hissasini oshirish imkonini beradi, deya qo‘shimcha qildi u.

Ishtirokchilar muhokama qilingan mavzularning dolzarbligini qayd etib, biznesni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu instrumentlarning rivojlanishiga umid bildirishdi.
USD = 12972.08
+15.08
EUR = 13223.74
-121.97
RUB = 126.61
-1.16
GBP = 15705.30
-235.7
JPY = 82.55
+0.51
CHF = 14144.67
-40.79
CNY = 1769.22
+2.2
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X