Markaziy bank rahbariyati va tijorat banklari mutasaddilari ishtirokida Buxoro viloyatidagi tadbirkor va ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay shart-sharoit yaratib berish, muammolarini o‘rganib, qonuniy hal etish yuzasidan ochiq muloqot tadbirlari tashkil etildi.
Jumladan, Kogon shahri, Qorovulbozor tumani, Buxoro shahri va tumanidagi tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun uchrashuvlar o‘tkazildi.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari, viloyat hokimi o‘rinbosari, sohaga daxldor viloyat va tuman tashkilotlari vakillari, tijorat banklarining respublika va viloyat darajasidagi mutasaddi rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda 80 dan ortiq yirik tadbirkorlarning muammoli masalalari o‘rganildi. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, kredit ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kommunal va boshqa masalalarga oid murojaatlar birma-bir tinglandi.
Taklif va muammolarning aksariyati uchrashuvlar davomida hal etilib, ularning yechimi yuzasidan chora-tadbirlarni belgilashga ko‘rsatmalar berildi.
Tadbirkorlarning muammolari joylarga chiqib o‘rganilmoqda
Yangilangan sana: 5 Dek 2024, 17:44