Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Koreya Banki bilan qo‘shma tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan seminar

Yangilangan sana: 9 Yan 2025, 17:58
9 Yan 2025
Koreya Bankining Bilimlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik dasturi (Knowledge Partnership Program-KPP) doirasida Markaziy bankda yakuniy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida Koreya banki va Koreyaning Songyungvan universitetining malakali mutaxassislari bilan xalqaro zaxiralarni boshqarishda qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish va ularni boshqarishni takomillashtirish borasida olib borilgan tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan tavsiyalar muhokama qilindi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda xalqaro zaxiralarni boshqarish samaradorligini yanada oshirish borasidagi sa’y-harakatlar, erishilgan natijalarning ahamiyati yuqoriligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, tadqiqot davomidagi ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan tavsiyalar Markaziy bankning tegishli faoliyatiga tatbiq etilishi bildirildi.

Seminar yakuni muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan ikkitomonlama uchrashuvda KPP dasturi doirasida hamkorlik aloqalarini davom ettirish masalalari hamda keyingi tadqiqot loyihasiningmavzulariga ham to‘xtalib o‘tildi.
USD = 12970.19
-11.06
EUR = 13572.01
-25.85
RUB = 142.20
+0.03
GBP = 16351.52
+6.83
JPY = 85.42
-0.09
CHF = 14404.92
-12.28
CNY = 1781.64
-6.12
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X