Markaziy bankda Germaniyaning Davlat taraqqiyot banki (KfW) va uning sho‘ba kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mamlakatimizda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda bank sektoridagi islohotlar yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
Muhokama davomida Markaziy bank tomonidan kichik va o‘rta biznes vakillari uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida banklar bilan mavjud infratuzilmani takomillashtirish ustida ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan xalqaro moliya tashkilotlarining kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muvofiqlashtirishga tayyorligi bildirildi.
Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va moliyaviy ommaboplikni oshirish bilan bog‘liq tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Germaniyaning KfW guruhi bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda
Yangilangan sana: 17 Apr 2025, 15:07