Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Moliyaviy savodxonlik chempionati” g‘oliblari aniqlandi

Yangilangan sana:  3 Noy 2020, 11:23
3 Noy 2020

Joriy yil 31-oktabrda “Butunjahon jamg‘arish kuni” xalqaro kampaniyasi doirasida respublikamiz talabalari o‘rtasida “Moliyaviy savodxonlik chempionati”ning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Chempionatning final bosqichi 3 turda o‘tkazildi. Ishtirokchilar raqamli moliyaviy savodxonlik va mas’uliyatli qarz olish mavzulariga oid keyslar, rebuslarni yechish hamda uy vazifasini taqdimot qilish shartlari bo‘yicha bellashdilar. Taqdimot davomida final bosqichi ishtirokchilari “Bank omonati bo‘yicha mening takrorlanmas taklifim” mavzusida o‘z g‘oyalarini taklif qilishdi.

Final bosqichi ishtirokchilari Markaziy bank rahbar xodimlari va tijorat banklari vakillaridan iborat bo‘lgan ekspertlar hay’ati tomonidan baholandi.

Chempionatning final bosqichi natijalariga ko‘ra, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin: Yakovlev Ruslan

2-o‘rin: Xasanboyeva Malikaxon

3-o‘rin: Xamrayev Ma’mur

4-o‘rin: Maxmudov Farrux

5-o‘rin: Xamrayeva Hilola

 

USD = 10496.99
+4.63
EUR = 12551.25
+70.59
RUB = 138.59
+2.58
GBP = 14454.36
+13.72
JPY = 96.29
+0.32
CHF = 11388.73
+54.22
CNY = 1607.11
+4.83
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X