Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“TBC Uzbekistan” banki rahbariyati bilan uchrashuv

Yangilangan sana:  15 Mar 2022, 15:44
15 Mar 2022
Markaziy bankda “TBC Uzbekistan” banki rahbariyati bilan uchrashuv oʼtkazildi. Uchrashuv davomida aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan qoʼshma loyihalarning amalga oshirilishi muhokama etildi.

Tomonlar mazkur loyihalarning, shu jumladan, omonat madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ishlarning ustuvor yoʼnalishlari va usullarini koʼrib chiqishdi.

Jismoniy shaxslar omonatlarining kafolatlanganligi yuzasidan yaratilgan sharoitlar toʼgʼrisida xabardorlikni oshirish, tashkil etilayotgan tadbirlarga tijorat banklari bilan bir qatorda, boshqa moliya tashkilotlarini (toʼlov operatorlari va h.k.) jalb qilish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar moliyaviy savodxonlik boʼyicha hamkorlik doirasida yaqin oradagi tadbirlar yuzasidan kelishib oldilar.

USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X