“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni talablari ijrosini taʼminlash hamda moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Markaziy bankning “Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʼzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʼyiladigan minimal talablar toʼgʼrisida”gi Nizomining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilib, www.regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.
Mazkur hujjat moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi asosiy yondashuvlar va moliyaviy xizmatlar koʼrsatish jarayonida mikromoliya tashkilotlari va lombardlar rioya qilishi zarur boʼlgan talablar hamda masʼuliyatli kreditlash tamoyillarini qamrab oladi.
Nizom isteʼmolchilarga maʼlumot berish tartibi, muddati oʼtgan qarzdorlik kelib chiqqan taqdirda nobank kredit tashkilotining qazdorlar bilan oʼzaro munosabatlari, shuningdek, isteʼmolchilarning shikoyatlarini koʼrib chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjat loyihasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz hamda taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
Yangi tahrirdagi Nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Yangilangan sana: 9 Iyun 2022, 17:31