Fuqarolarimiz soxta “xavfsizlik xizmati” xodimi so‘zlariga ishonib, bank ilovalari orqali onlayn kredit olishga ariza berishi hamda telefon qurilmasiga zararli ilovalar o‘rnatishi natijasida bank kartasida bo‘lgan va ajratilgan kredit mablag‘laridan ayrilib qolmoqda.
Shu munosabat bilan notanish akkauntlardan “kreditni bekor qilish”, “xavfsiz hisobga pul ko‘chirish” mazmunidagi xabarlar kelsa, muloqotga kirishmaslik, ushbu foydalanuvchini bloklab qo‘yish hamda smartfonga zararli (APK) ilovalarni o‘rnatmaslik tavsiya etiladi.
Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmasligini hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmasligini yodda tuting!