Markaziy bank tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirishga qoʼshgan munosib hissasi uchun taʼsis etilgan esdalik nishoni bilan mukofotlandilar.
Taqdirlash marosimida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov “Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini mamlakatimiz Prezidenti nomidan tantanali ravishda topshirdi.
Tadbirda ushbu mukofot kelgusidagi yuksak natijalar va marralar uchun zamin boʼlib xizmat qilishi taʼkidlandi.
Markaziy bankning bir guruh xodimlariga “Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi
Yangilangan sana: 7 Dek 2022, 17:28