Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi vakillari Xalqaro valyuta jamgʼarmasi tomonidan АQShda tashkil etilgan “Cyber Resilience – Delivering Through Disruption” seminarida ishtirok etdi.
Unda Xalqaro valyuta jamgʼarmasi, Jahon banki, Yevropa markaziy banki, SWIFT va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi ekspertlari tomonidan taqdimotlar oʼtkazildi.
Seminarda butun dunyo boʼylab moliyaviy institutlar duch keladigan kiberxavfsizlik xatarlarining dolzarb muammolari, oʼzaro maʼlumot almashish, kiberxavfsizlik risklarini kamaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga kiberxavfsizlik boʼyicha xalqaro meʼyoriy-huquqiy bazaga kiritilgan oʼzgartirishlar haqida maʼlumot berildi. Shu bilan birga, rivojlanayotgan tahdid tendentsiyalari, jumladan, geosiyosiy keskinliklardan kelib chiqadigan muammolar, maʼlumot almashish va hodisalar haqida hisobot berishning samarali yangi amaliyotlari, kripto aktivlar hamda markaziy banklar raqamli valyutalarining kiberxavfsizlikka taʼsiri va kiberxavfsizlik risklari boʼyicha makroiqtisodiy istiqbolni rivojlantirishdagi yondashuvlarga toʼxtalib oʼtildi.
Kiberxavfsizlik mavzusiga oid xalqaro seminar
Yangilangan sana: 25 Yan 2023, 15:43