Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oʼrtasida kiberxavfsizlik hodisalari hamda tahdidlarga qarshi tezkor taʼsirchan choralar koʼrish boʼyicha oʼzaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Mazkur kelishuvning maqsadi tomonlar oʼrtasidagi kiberxavfsizlik darajasini oshirish, kibertahdidlarga qarshi kurashish va oʼzaro kiberxavfsizlik masalasiga doir munosabatlarni kengaytirishga qaratilgan. Kelishuv doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yoʼlga qoʼyish koʼzda tutilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi
Yangilangan sana: 24 Mar 2023, 10:40