Poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari filiallari rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun Oʼzbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʼzgartirishlar mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan targʼibot tadbiri boʼlib oʼtdi.
Unda Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasida inson qadri, uning manfaatlari va umuman xalq uchun keng koʼlamdagi oʼzgarishlar oʼz aksini topayotgani taʼkidlandi.
Tadbirda Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy oʼzgarishlar, shu jumladan, fuqaro daxlsizligi va erkinliklari, uning huquq va majburiyatlari, oila va yoshlar masalalari boʼyicha yangi normalarning muhim jihatlariga toʼxtalib oʼtildi.
Shu bilan birga, Konstitutsiyaning bank tizimi faoliyatiga oid 41-, 150- va 151-moddalari yuzasidan ham tushuntirish berildi. Tadbir ishtirokchilari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga aniq javoblar oldilar.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgarishlar mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir tashkil etildi
Yangilangan sana: 27 Mar 2023, 09:32