Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bankning 2018 yilni birinchi choragida asosiy iste’mol tovarlari narxlarini kuzatish natijalari bo‘yicha ma’lumot

Yangilangan sana:  26 May 2019, 15:12
1 Apr 2018

Respublika xududlari bo‘yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan narxlar dinamikasini kuzatish natijalari, asosiy iste’mol tovarlari narxlarining 2018 yilning 1-choragida barqarorlashganini ko‘rsatmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kuzatish savatiga kiritilgan iste’mol tovarlari narxlari 2018 yil
1-choragida o‘rtacha 1%ga oshdi
.

Shuningdek, joriy yilning yanvar va fevral oylarida ushbu tovarlar guruxi o‘rtacha narxlarini oshishi 0,6 va 0,7 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, mart oyida esa narxlarining 0,4 foizga pasayishi kuzatilgan, bu o‘z o‘rnida o‘rganilayotgan tovarlar narxlarini asta-sekin pasayishi va barqarorlashayotganini ko‘rsatmoqda.

Xususan, xududlar bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning yanvar – mart oylari davomida piyoz 46,4 foizga, tuxum 23,3 foizga, shakar 10 foizga, kartoshka 6,2 foizga, guruch 4,2 foizga, o‘simlik yog‘i 3,2 foizga, bug‘doy uni 2,2 foizga, sabzi 1,8 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, go‘sht narxi 1,1 foizga oshdi.

Nooziq ovqat mahsulotlari orasida kiyim-kechaklar narxi 4,9 foizga, oyoq kiyimlar – 3,8 foizga, televizor – 7,8 foizga, changyutgich – 4,4 foizga va sovutgich – 3,5 foizga pasayishi kuzatilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra 2017 yilning 1-choragida yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlar narxlarida o‘sish qayd etilgan. Xususan, piyoz 47,2 foizga, kartoshka 27,2 foizga, tuxum 3,1 foizga, sabzi 1,9 foizga, o‘simlik yog‘i 1,5 foizga, shakar 1,4 foizga, bug‘doy uni 0,6 foizga, go‘sht va parranda 0,5 foizga, kiyim kechak 2,9 foizga, oyoq kiyim 2,1 foizga, sovutgich 4,8 foizga, televizor 3,3 foizga, changyutgich 2,4 foizga qimmatlashgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida almashuv kursini barqarorligi, pul massasini past sur’atlarda o‘sishi iqtisodiyotda iste’mol mahsulotlari narxlari o‘zgarishiga monetar omillar ta’sirining oldini olishga hamda narxlarning taklif omillari hisobiga shakllanishiga xizmat qildi.

Jumladan, valyuta almashuv kursi 0,5 foizga mustahkamlandi, ma’lumot uchun ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 10 foizga qadrsizlangan.

2018 yilnig 1 choragida umumiy pul massasi 1 foizga oshdi (2017 yilning shu davrida 7,6 foizga oshgan). Muomaladagi naqd pullar hajmi esa 6 foizga kamaydi (2017 yilning shu davrida 21 foizga oshgan).

Shuningdek oldingi yillarda raqobat muhitini yetarli darajada rivojlanmaganligi narxlarning mavsumiy tebranishlarini keltirib chiqargan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida ichki iste’mol bozorida, xususan import tovarlar sotilishida raqobat muhitini bosqichma-bosqich yaxshilanishi mavsumiy tebranishlarni yumshatishga xizmat qildi.

Markaziy bank tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’ektlari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra joriy yil boshidan iqtisodiyotda sezilgan va kutilayotgan inflyatsiya darajasi oyma-oy pasaymoqda. Ichki bozorda kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan tovarlar taklifi barqarorligini hamda narxlar o‘sishiga ta’sir etuvchi boshqa fundamental asoslar mavjud emasligini inobatga olib, Markaziy bank narxlar keskin o‘sishiga ob’ektiv sabablar mavjud emas deb hisoblaydi.

     

USD = 12705.00
-6
EUR = 13543.53
+5.04
RUB = 136.11
-0.2
GBP = 15704.65
+12.92
JPY = 82.06
-0.07
CHF = 13932.45
-11.17
CNY = 1753.14
-1.63
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X