Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

To'lov tizimi sharhi

Yangilangan sana:  26 May 2019, 15:12
20 Fev 2019

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida Markaziy bankka yuklatilgan respublikada hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash vazifasidan kelib chiqib, 2018 yil davomida Markaziy bank tomonidan hisob-kitoblar tizimining barqaror faoliyat yuritishini va uni eng zamonaviy talab va standartlarga muvofiq rivojlanishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlaridan biri sifatida to‘lov tizimi barqarorligi va uning rivojlanishini ta’minlash belgilandi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida 2018-2020 yillarda raqamli bankingni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda 2018 yil 8 avgustda tasdiqlandi.

2018 yil davomida Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar summasi 2017 yilga nisbatan 32 foizga ortib, 845,6 trln. so‘mni, o‘z navbatida amalga oshirilgan operatsiyalar soni esa 74,7 mln. tani tashkil qildi.

To‘lov tizimi sharhi

USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X