Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2019 yil 5 martda o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida

Yangilangan sana:  26 May 2019, 17:07
27 Fev 2019

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank 2019 yil 5 martda “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e’lon qiladi.

Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.

Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:

  • DQQ turi: o‘rta muddatli obligatsiyalar;

  • identifikatsion raqam: 24004UMFS;

  • bir dona obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;

  • joylashtirish sanasi: 2019 yil 5 mart;

  • chiqarilish hajmi: 30 000 000 000 (o‘ttiz milliard) so‘m;

  • muomala davri: 365 kun;

  • obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: 2020 yil 4 mart;

  • qat’iy belgilangan foizli daromad stavkasi: yillik 15%;

  • foizli daromad to‘lanish davri: 3 oy.

Foizli daromad to‘lanish sanalari:

  • birinchi davr: 2019 yil 4 iyun;

  • ikkinchi davr: 2019 yil 3 sentabr;

  • uchinchi davr: 2019 yil 3 dekabr;

  • to‘rtinchi davr: 2020 yil 4 mart.

Auksion o‘tkazish shartlari:

  • arizalarni qabul qilish vaqti: 09:00 – 11:30;

  • arizalarni qondirish vaqti: 15:00 – 16:00;

  • to‘lov valyutasi: so‘m;

  • bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.


USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X