Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Diqqat! Markaziy bank sizni GMW2025 xalqaro kampaniyasi doirasida eksklyuziv mahorat darsiga taklif qiladi!

Yangilangan sana: 25 Mar 2025, 13:08
24 Mar 2025

Global Money Week 2025 xalqaro kampaniyasi bu yil quyidagi ilhomlantiruvchi shior ostida o‘tkaziladi: Think before you follow, wise money tomorrow” (Ertangi moliyaviy imkoniyatlaringiz bugungi qarorlaringizdan boshlanadi)

Sizni moliyaviy savodxonlik olamiga yo‘l ochadigan noyob mahorat darsi kutmoqda. Bu darsda siz o‘z mablag‘laringizni oqilona boshqarish bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘lasiz!

Muhokama qilinadigan mavzular:
Shaxsiy moliya – pul mablag‘larini samarali boshqarish va impulsiv xarajatlardan qochish yo‘llari.
Bo‘lib to‘lash va kredit: farqi nimada? – qaysi biri foydaliroq, qanday jihatlarni e’tiborga olish lozim?
Kredit tarixi – uning ahamiyati, qanday shakllantirish va oldini olish kerak bo‘lgan xatolar.

Mazkur mahorat darsi sizga moliya dunyosining muhim jihatlarini tushunish va moliyaviy barqaror kelajak sari ilk qadam qo‘yish imkoniyatini beradi.

Kirish bepul, ammo joylar cheklangan!

Sana: 27-mart
Vaqt:11:00
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/xVsUmA3pmUyXfgVD9
Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona

Kelajagingizga sarmoya kiriting – moliyaviy savodxonlik birinchi qadamingizdan boshlanadi!


USD = 12904.51
-33.42
EUR = 14575.64
-89.5
RUB = 161.99
+0.89
GBP = 17295.91
-53.85
JPY = 89.94
+0.08
CHF = 15609.66
-82.19
CNY = 1790.70
-4.84
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X