Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan joylarda sayyor qabul o‘tkaziladi

Yangilangan sana:  26 May 2019, 17:07
8 Apr 2019

E’LON

Markaziy bank Raisi o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linma xodimlari, hududiy Bosh boshqarma boshlig‘i va tijorat banklari Raisi o‘rinbosarlari ishtirokida Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” Qonuni talablari asosida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabullar o‘tkazadi.

Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor aholining bank tizimi yuzasidan murojaatlarini qonuniy hal qilish, bank tizimida mavjud tizimli kamchiliklarni aniqlash, qabullar davomida yuqori idoralarga qayta-qayta murojaat qilayotgan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining muammolarini hal etish, aholining roziligini ta’minlash, fuqarolarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, murojaatlarni xolis va tezkor ko‘rib chiqish masalalariga qaratiladi.

Mazkur qabul:

2019 yil 9 aprel kuni:

- soat 10-00 dan Samarqand viloyati, Tayloq tumani Musiqa  san’at kolleji binosida (Beruniy ko‘chasi, 45a-uy);

2019 yil 10 aprel kuni:

- soat 10-00 dan Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani hokimiyati binosida (Mustaqillik ko‘chasi);

- soat 11-00 dan Sirdaryo viloyati, Guliston shahar 1-sonli musiqa maktabida (A.Yassaviy ko‘chasi, 28-uy);

2019 yil 11 aprel kuni:

- soat 11-00 dan Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hokimiyati binosida (Sh.Rashidov ko‘chasi, 3-uy);

2019 yil 12 aprel kuni:

- soat 10-00 dan Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani Xalq qabulxonasi binosida (Qum ovul MFY, Yangi hayot ko‘chasi);

- soat 11-00 dan Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani hokimiyati binosida (Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 1-uy);

2019 yil 13 aprel kuni:

- soat 10-00 dan Toshkent shahar, Chilonzor tumani Milliy bank sayoxat filiali binosida (Bunyodkor ko‘chasi, 28-uy);

- soat 11-00 dan Buxoro viloyati, Buxoro tumani hokimiyati binosida (Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 6-uy) tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun telefon:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (+99871) 212-62-05
USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X