Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan joylarda sayyor qabul o‘tkaziladi

Yangilangan sana:  26 May 2019, 17:07
15 Apr 2019

E’LON

Markaziy bank Raisi o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linma xodimlari, hududiy Bosh boshqarma boshlig‘i va tijorat banklari Raisi o‘rinbosarlari ishtirokida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” Qonuni talablari asosida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabullar o‘tkazadi.

Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor aholining bank tizimi yuzasidan murojaatlarini qonuniy hal qilish, bank tizimida mavjud tizimli kamchiliklarni aniqlash, qabullar davomida yuqori idoralarga qayta-qayta murojaat qilayotgan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining muammolarini hal etish, aholining roziligini ta’minlash, fuqarolarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, murojaatlarni xolis va tezkor ko‘rib chiqish masalalariga qaratiladi. Mazkur qabul:

2019 yil 17 aprel kuni:                      

- soat 10-00 dan Andijon viloyati, Shaxrixon tumani Kichik sanoat zonasida;

2019 yil 18 aprel kuni:

- soat 10-00 dan Namangan viloyati, Chust tumani hokimiyati binosida; (Charog‘on ko‘chasi 1-uy) tash

2019 yil 19 aprel kuni:

- soat 10-00 dan Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani Yaypan shahri Agro bank filiali binosida (A.Jomiy ko‘chasi 37-uy) tashkil etiladi.

 

Ma’lumot uchun telefon:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (+99871) 212-62-05

USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X