O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank 2019 yil 22 may kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e’lon qiladi.
Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.
Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:
- DQQ turi: o‘rta muddatli obligatsiyalar;
- identifikatsion raqam: 25001UMFS;
- bir dona obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
- joylashtirish sanasi: 2019 yil 22 may;
- chiqarilish hajmi: 100 000 000 000 (bir yuz milliard) so‘m;
- muomala davri: 546 kun;
- obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: 2020 yil 18 noyabr;
- qat’iy belgilangan foizli daromad stavkasi: yillik 15%;
- foizli daromad to‘lanish davri: 3 oy.
Foizli daromad to‘lanish sanalari:
- birinchi davr: 2019 yil 21 avgust;
- ikkinchi davr: 2019 yil 20 noyabr;
- uchinchi davr: 2020 yil 19 fevral;
- to‘rtinchi davr: 2020 yil 20 may;
- uchinchi davr: 2020 yil 19 avgust;
- to‘rtinchi davr: 2020 yil 18 noyabr.
Auksion o‘tkazish shartlari:
- arizalarni qabul qilish vaqti: 09:00 – 11:30;
- arizalarni qondirish vaqti: 15:00 – 16:00;
- to‘lov valyutasi: so‘m;
- auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;
- bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.