Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Yangilangan sana:  8 May 2023, 19:24
8 May 2023
Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Markaziy bankda ham ushbu kun munosabati bilan Mudofaa vazirligi faxriylari, “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari hamda bank tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda mustaqillik yillarida ushbu kunning mazmun-mohiyati butkul o‘zgargani hamda vatanga jon fido qilganlarning xotirasi va qadrini ulug‘lash kuniga aylangani ta’kidlandi. Xususan, ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan vatandoshlarimizning matonati, yurtimiz sarhadlarini himoya qilib, o‘z jonini qurbon qilgan mard o‘g‘lonlar jasorati tilga olindi.

Tadbir doirasida “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram tabrigi va harbiy o‘quv mashqlar namoyish etildi.

USD = 12628.05
+7.96
EUR = 13616.83
+17.42
RUB = 136.42
-0.31
GBP = 15927.76
+35.28
JPY = 83.44
+0.11
CHF = 14007.82
+81.44
CNY = 1748.70
+3.28
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X