Joriy yilning 3 mart kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida tijorat banklarining umumiy hajmi 150 mlrd. so‘m mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha muddati 14 kunlik depozit auksioni o‘tkazildi.
Auksion davomida 3 ta tijorat banki tomonidan jami 40 mlrd. so‘m mablag‘larni Markaziy bank depozitlariga joylashtirish bo‘yicha kelib tushgan buyurtmanomalar to‘liq qondirildi.
Auksion natijalariga ko‘ra, joylashtirilgan depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi, shuningdek, minimal va maksimal stavka – yillik 16,00 foizni tashkil etdi.