O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Garov reestri bazasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Notarius” avtomatlashtirilgan yagona axborot tizimiga integratsiya qilindi.
Endilikda birlamchi bozordagi ko‘chmas mulk va transport vositalariga nisbatan ipoteka shartnomalarini rasmiylashtirgan kredit tashkilotlari (tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar) mol-mulkka taqiq qo‘yish, taqiqni yechish hamda mulk holati (taqiq bor yoki yo‘qligi) to‘g‘risida ma’lumot olishni Garov reestri sayti orqali Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida mustaqil ravishda amalga oshirishlari mumkin.