Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Aholi uchun qulay, sodda va ishonchli bank xizmatlari

Yangilangan sana:  25 Mar 2020, 14:12
25 Mar 2020

Tijorat banklari tomonidan mijozlarga bankka kelmasdan turib, masofaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizning deyarli barcha tijorat banklari tomonidan bank mobil ilovalari joriy etilgan. Shuningdek, bir necha to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari faol ishlamoqda. Bu esa, aholiga bankka tashrif buyurmagan holda, qulay, tezkor va ishonchli to‘lov xizmatlaridan foydalanish imkonini bermoqda.

Tijorat banklari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilova xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari quyidagilar:

- uydan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish;

- infeksiya ehtimoli mavjud bo‘lgan naqd pul mablag‘larisiz xaridni amalga oshirish;

- daromad va xarajatlarni kuzatib borish;

- vaqt va transport xarajatlarini tejash va xavfsizlikni oshirish.

Mobil ilovalardan foydalanish uchun avvalo, ixtiyoriy bankdan o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasini olish taqozo etiladi (agar bank kartasi mavjud bo‘lmasa). Hozirda tijorat banklari tomonidan ikki turdagi (HUMO va UZCARD) bank kartalari emissiya qilinmoqda.

Jismoniy shaxslar tomonidan bank kartasi olish va mobil ilova orqali xaridlarni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:

- plastik kartani olish uchun o‘zi tanlagan bankka pasport bilan murojaat qilish (onlayn tarzda tijorat banklarning rasmiy veb-saytlari orqali ham buyurtma berish imkoniyati mavjud)

- bank kartasini pul mablag‘lari bilan to‘ldirish (bankomatning “cash-in” funksiyasi yoki bank xizmatlari markazlariga tashrif buyurish orqali);

- bankka tashrif buyurib yoxud bankomat va infokiosklar orqali bank karta hisobvarag‘ini o‘z mobil telefon raqamiga bog‘lash (biriktirish) orqali sms-xabarnoma yoki telegram-xabarnoma xizmatini faolashtirish;

- tijorat banklari yoki to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarini Android operatsion tizimli mobil telefon uchun “Google Play market” internet ilovasidan yoki iOS operatsion tizimli mobil telefon uchun “Aprstore” internet ilovasidan yuklab olish (ro‘yxat ilova qilinadi);

- mazkur mobil ilovalarda ro‘yxatdan o‘tish, ya’ni olingan bank karta raqami va amal qilish muddati kiritilgandan so‘ng mobil telefonga kelgan maxfiy kodni kiritish orqali identifikatsiyadan o‘tish;

- xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mobil ilovaga kirish uchun maxfiy kodni o‘rnatish.

Mazkur amallarni bajarish uchun hech qanday bank xizmati bo‘yicha vositachilik haqi olinmaydi.

Mobil ilovalar orqali nafaqat kommunal va mobil aloqa xizmatlari, balki davlat xizmatlari to‘lovlari, notarius xizmatlari to‘lovlari, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar, soliq to‘lovlari, internet xizmatlari, ta’lim va xayriya uchun pul mablag‘larini o‘tkazish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va turli taomlarni yetkazib berish xizmatlari uchun ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

pdf 400.4 КБ
Ro‘yxat
USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X