Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jahon bankining O‘zbekistonda moliya sektorini isloh qilish bo‘yicha missiyasi ish boshladi

Yangilangan sana: 25 Apr 2025, 12:35
25 Apr 2025
Jahon bankining texnik ko‘mak dasturi doirasida O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish tizimini isloh etishga qaratilgan missiyasi o‘tkazilmoqda.

Missiya doirasida moliyaviy xizmatlar mijozlari uchun aniq ijobiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan yangi tartibga solish konsepsiyasini joriy etish, 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan qonunchilik islohotlarini muhokama qilish hamda Moliyaviy ombudsman institutini tashkil etish bo‘yicha bosqichma-bosqich rejani ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, missiya tashrifi davomida Jahon banki ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan ikki muhim hujjat – moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish konsepsiyasi hamda moliya bozorini monitoring qilish bo‘yicha qo‘llanma muhokama etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar Buyuk Britaniya va Kanada kabi mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda, O‘zbekistonda adolatli, shaffof va iste’molchi manfaatlariga yo‘naltirilgan moliyaviy tizimni yaratish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
USD = 12904.51
-33.42
EUR = 14575.64
-89.5
RUB = 161.99
+0.89
GBP = 17295.91
-53.85
JPY = 89.94
+0.08
CHF = 15609.66
-82.19
CNY = 1790.70
-4.84
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X