Markaziy bankda Xitoyning yirik texnologik kompaniyasi “Tencent Holdings Ltd” tarkibiga kiruvchi “Tencent Cloud International” delegatsiyasi bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda mamlakatimizdagi raqamli texnologiyalar va bulutli infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar chogʼida tomonlar “Tencent Holdings Ltd” tarkibidagi “WeChat Pay” raqamli toʼlov tizimini Oʼzbekistondagi mahalliy toʼlov tizimlari bilan integratsiya qilish, QR-kod orqali toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda ushbu yoʼnalishda oʼzaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini koʼrib chiqdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar toʼlov tizimlari sohasidagi tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlab, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni kelishib oldilar.
“Tencent Cloud International” vakillari bilan uchrashuv oʼtkazildi
Yangilangan sana: 23 Apr 2025, 19:47