Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati joriy yilning 17 noyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida Yaponiya Markaziy banki raisi oʼrinbosari Tokiko Shimizu bilan ikki tomonlama uchrashuv oʼtkazdi.
Uchrashuvda mamlakatda oxirgi yetti yilda amalga oshirilgan islohotlar, makroiqtisodiy vaziyat, pul-kredit siyosati, shuningdek, davlat banklarini transformatsiyalash va xususiylashtirish jarayoni boʼyicha batafsil maʼlumot berildi.
Muloqot yakunida ikkala Markaziy banklar oʼrtasida doimiy hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, yangi moliyaviy instrument va risklar boʼyicha qoʼshma tadqiqotlar olib borish, xodimlar malakasini oshirish boʼyicha texnik yordam koʼrsatishga kelishib olishdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Yaponiya Markaziy banki salohiyatni oshirish boʼyicha oʼzaro hamkorlikni yoʼlga qoʼyishga kelishib oldilar
Yangilangan sana: 18 Noy 2023, 10:51